“Bolalarda ayb yo‘q”. Qosimov yana iste’fo bermoqchi

Sport

image

Kecha, 26 may kuni O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Turning markaziy bahsilaridan biri deya e’tirof etilgan – Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Paxtakor” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qilib, raqiblarini yirik hisobda tor-mor keltirdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan OAV ishtirokidagi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan AGMK bosh murabbiyi qoniqarsiz natijalar ko‘rsatayotgani tufayli rahbariyatdan iste’fo so‘rashini ma’lum qildi.

“Nechanchi o‘yindirki birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmayapti. Tarkibda o‘zgarishlar qilayapmiz. O‘yinning dastlabki 15 daqiqasi ichida juda ko‘p gol o‘tkazayapmiz. Jamoaning ishlari yaxshi ketmayapti. Shu bois rahbariyatdan iste’fo so‘rayman. Ular nimani hal qilishadi ko‘ramiz”, deb aytib o‘tdi Mirjalol Qosimov.

Ma’lumot uchun, olmaliqliklar Qosimov boshqaruvida ortda qolgan 10 o‘yinda bor-yo‘g‘i 2 marta g‘alaba qozona oldi. Yana bitta o‘yinda durrang qayd etib, 7 ta uchrashuvda maydonni mag‘lub holda tark etishdi.

Jamoa ushbu natijalari tufayli 7 ochko to‘plagan holda Superligani tark etish uchun asosiy uch nomzoddan biri bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

AGMK Superliga Mirjalol Qosimov

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing