Toshkentdagi Yodju institutida bepul o‘qish imkoniyati yaratildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
53694O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, institut mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Institut ta’lim faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju texnologiya institutinin (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari asosida o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiradi.
Institut bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplom beriladi.
Institutga talabalar qabuli umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega abituriyentlar o‘rtasida kirish imtihonlari Yodju texnologiya instituti tomonidan (yoki ishtirokida) o‘tkaziladi.
O‘qish to‘lov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda amalga oshiriladi.
Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 10 nafardan kam bo‘lmagan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadi.
LiveBarchasi