Bolalar uchun ixtisoslashgan telekanal tashkil etiladi 

Jamiyat

image

Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekisnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. 

Ma’lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Mazkur telekanal:

•    “Edumedia Corporation” MCHJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi;

•    respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;

•    o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

telekanal

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing