Bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro reyting e’lon qilindi
Bu qiziq
−
26 iyun 2137 2 daqiqa
O‘zbekiston bolalar huquqlariga bag‘ishlangan xalqaro “KidsRights Index 2026” reytingida 194 ta davlat ichida 97-o‘rinni egalladi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga (95-o‘rin) nisbatan 2 pog‘onaga pastladi.
Qayd etilishicha, ushbu reyting BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan davlatlarni qamrab oladi. Baholash beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha shakllantiriladi va ularda O‘zbekiston quyidagi o‘rinlarni egalladi:
- yashash huquqi – 95-o‘rin;
- sog‘liqni saqlash – 15-o‘rin;
- ta’lim – 101-o‘rin;
- himoya – 115-o‘rin;
- qulay muhit – 124-o‘rin.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 24-o‘rinni egallab, bolalar huquqlarini himoya qilish va ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha yuqori darajani ko‘rsatgan holda mintaqada yetakchiga aylandi. Turkmaniston 75-pog‘onadan joy oldi, Qirg‘iziston 82- va Tojikiston 92-o‘rinni egalladi.
Lyuksemburg 0,871 ball bilan reytingni boshqarib bormoqda, shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Islandiya, Monako, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Gretsiya, Belgiya, Sloveniya, Avstriya va Tailand joy olgan. Rossiya 151-o‘rinni egallagan. AQSH esa BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilmagani sababli indeksda mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilingan edi. Unda 82 ta davlat 34 ta ko‘rsatkich, jumladan, yashash qiymati, daromad darajasi, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, ta’lim va umumiy hayot sifati bo‘yicha baholangan.
Live
Barchasi