Bola parvarishlash nafaqasi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 3 aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat rahbari iqtisodiyotni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun muhim farmonga imzo chekkanini ta’kidladi.

“Qanchalik murakkab bo‘lmasin, byudjetdan katta xarajatlarni talab etmasin, qo‘shimcha choralarni ko‘rishga qaror qildim”, dedi Prezident.

Davlat rahbarining mazkur farmoniga ko‘ra, joriy yil mart-iyun oylarida muddati tugaydigan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni to‘lash uchun qo‘shimcha murojaat va hujjatlar talab etilmaydi. Ular avtomatik tarzda 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi. Ushbu davrda boshqa muhtoj oilalarga ham shunday nafaqalar tayinlash davom ettiriladi.

Bundan tashqari, bu choralar orqali yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan (hozirda 600 mingta).

Shuningdek, karantin davrida yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlari bepul yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing