Boks: JCH yarim finalida ikki o‘zbekistonlik bokschi qiz jang qiladi
Sport
−
18 may 2022
4422Bugun, 18 may kuni Turkiyada davom etayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi.
-50 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova kattalar miqyosidagi dunyo birinchiligida shohsupaga ko‘tariladigan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi sifatida tarixda qolgan edi. Yoqubova chorak finalda italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag‘lubiyatga uchratib, kamida bronza medalini naqd qilib bo‘lgan. Azizaning yarim finaldagi raqibi kolumbiyalik Ingrit Valensiya bo‘ladi.
+81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan yana bir o‘zbekitonlik bokschi Mohira Abdullayeva yarim finalda marokashlik Xayja Mardi bilan jang qiladi. Abdullayeva chorak finalda kongolik Chest Kanjingani mag‘lub etgan edi.
Ma’lumot uchun, uch nafar o‘zbekistonlik bokschi qiz Jahon chempionatini chorak finalda yakunlagan.
-50 kg: Aziza Yoqubova – Ingrit Valensiya (Kolumbiya) 20:00
+81 kg: Mohira Abdullayeva – Xayja Mardi (Marokash) 22:45
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar