Fanat “fanat”larni lol qoldirdi
Sport
−
09 Sentabr 2019
4875Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Bugungi kun dasturida terma jamoamiz a’zosi Fanat Qahramonov ringga ko‘tarildi.
75 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan o‘zbekistonlik bokschi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qahramonov ikkinchi bosqichni 14 sentyabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi.
Endigi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi a’zolari bahslarga kirishadi:
-52 kilogramm: Shahobiddin Zoirov
-57 kilogramm: Miraziz Mirzahalilov
-63 kilogramm: Elnur Abduraimov
-69 kilogramm: Bobousmon Baturov
-81 kilogramm: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kilogramm: Sanjar Tursunov
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov
LiveBarchasi