Boks: Olimpiadaning ikkinchi oltin medali ham kubalik bokschiga nasib qildi

Sport

image

Tokio Olimpiadasida boks bo‘yicha -81 kg vaznlilar o‘rtasida final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi jangda Kuba vakili Arlen Lopes britaniyalik Benjamin Uittakerga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raundning barchasida Lopes raqibidan ustun keldi va yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba evaziga kubalik bokschi Olimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar Rio Olimpiadasida -75 kg vaznda ishtirok etgan kubalik bokschi finalda o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevni mag‘lub etgan edi.

Ma’lumot uchun, erkaklar o‘rtasida -69 kg va -81 kg vazn toifasida final janglari o‘tkazildi va har ikkisida kubalik bokschi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -91 kg vazn toifasining finalida ham kubalik bokschi harakat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Bektemir Meliqo'ziev Tokio-2020 Arlen Lopes Benjamin Uittaker

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing