Boks Olimpiada dasturidan chiqarilmaydi
Sport
−
20 mart
1679Boks sport turi 2028 yil Amerikaning Los-Anejeles shahrida bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) 144-Sessiyasida ma’lum qilindi.
XOQ milliy olimpiya qo‘mitalariga Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) a’zo bo‘lgan milliy boks federatsiyalari bilan har qanday aloqani taqiqlovchi xat yubordi. 2023 yil iyun oyida XOQ IBA'ni tan olishni bekor qildi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi World Boxing'ni (WB) boks bo‘yicha global darajadagi boshqaruv organi sifatida vaqtinchalik tan oldi. Olimpiada bahslari uchun bokschilar aynan WB turnirlarida saralanadi.
LiveBarchasi