Boks bo‘yicha JCH: Tokio Olimpiadasi chempioni musobaqani tark etdi
Sport
−
27 Oktabr 2021
5129Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari start oldi.
Dunyo birinchiligida 71 kg vazn toifasida ishtirok etgan kubalik Roniel Iglesias ilk jangida Iordaniya vakili Zeyad Ishashga qarshi ringga ko‘tarilib, kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Ta’kidlash joiz, Iglesias Tokio Olimpiadasi chempioni va Shahram G‘iyosovning ashaddiy raqibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zeyad Ishash 2017 yilgi JCHda Shahram G‘iyosovga yengilgan. 2020 yilda Iordaniyada o‘tgan litsenzion turnirning yarim finalida Bobousmon Boturovni mag‘lubiyatga uchratgan.
Ma’lumot uchun, kecha, 26 oktyabr kuni 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ilk jangda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.
LiveBarchasi