Boks bo‘yicha JCH: Mujibillo Tursunov raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining oltinchi kun bellashuvlariga start berildi.

Bugun, 30 oktyabr kuni 63,5 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov yaponiyalik Taiga Imanaga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, 80 kg vaznda ishtirok etayotgan Odiljon Aslonov JCH doirasida italiyalik Simone Fioriga qarshi jang o‘tkazdi va barcha raundlarni o‘z foydasiga hal etgan holda ishonchli g‘alabaga erishdi. Aslonov chorak final yo‘llanmasi uchun amerikalik Raxim Gonsales bilan “hisob-kitob” qiladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati bahslarida to‘liq tarkib bilan ishtirokini boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi, musobaqani 9 nafar charm qo‘lqop ustasi bilan davom ettiradi


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Mujibillo Tursunov

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing