Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining mukofot puli miqdori ma’lum bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

AIBA Osiyo chempionati tarixida ilk marotaba sovrindorlar uchun mukofot puli ajratadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turnir jamg‘armasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etadi va pullar oltin, kumush va bronza medallari sohiblari o‘rtasida bo‘linadi.

Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi. Ikkinchi o‘rin egalari 5 ming, bronza medali egalari 2 ming 500 dollarga ega bo‘ladi.  

Mukofot pullari erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda beriladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 21-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

boks

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing