Boks: bugun ikki nafar Jahon chempioni ringga ko‘tariladi

Sport

image

Ayni kunlarda Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 28 oktyabr kuni 57 kg vazn toifasida Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:10 dan so‘ng boshlanadi.

+92 kg vaznda Harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempioni Lazizbek Mullajonov eronlik Puria Amiri bilan bahs olib boradi (18:30 dan so‘ng).

Shuningdek, ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘lub etgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Falastin vakili Ahmed Xarara bilan “hisob-kitob” qiladi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 21:50 dan so‘ng start oladi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligida 86 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shohjahon Abdullayev kecha, 27 oktyabr kuni belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tarilib nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Mirazizbek Mirzahalilov Lazizbek Mullajonov Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing