Bog‘chalarda bir guruhda eng ko‘pi nechta bola bo‘lishi kerak?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv yili 2 sentyabrdan 31 maygacha, yozgi sog‘lomlashtirish davri 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning bo‘lishi davomiyligiga qarab:

•    bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3–4 soat);
•    to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
•    bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:

•    bolalar 3–4 soat bo‘ladigan guruhlarida – kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
•    bolalar 9–10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida – uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
•    bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida – to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
•    bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida – kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.

Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar tegishli ravishda quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:

•    uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlarida – ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola;
•    bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan o‘ttiz nafar bola;
•    turli yoshdagilar guruhlarida – ko‘pi bilan yigirma besh nafar bola;
•    bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan o‘n nafar bola.


Maqola muallifi

Teglar

Qonun MTT

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing