Bog‘chaga ketgan 3 yashar qizaloq ariqqa tushib ketib, vafot etdi 

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 3 yoshli qizaloq nazoratsiz qolgani sababli ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, marhuma qizaloqning onasi hali  3 yoshga to‘lmagan qizini joriy yilning 20 may kuni mahallasidagi xususiy bog‘chaga kuzatib qo‘ygan. Qizining betob bo‘lib qolganini eshitgan ona bog‘chaga yetib borganida qizalog‘ining vafot etganiga guvoh bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, xususiy bog‘cha ochilish marosimida bog‘cha ma’muriyatiga ota-onalar tomonidan uning yaqinida ariq borligi, bu esa xavfli ekani aytilgan. Biroq ma’muriyat xavfsizlik choralarini ko‘rilishiga va’da bergan.

Xususiy bog‘cha xodimasining bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, bolalarning yarim qismi uxlatish uchun xonalarga olib kirib ketilgan. Qolgan qismi esa hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli ko‘chaga chiqib ketib, bog‘cha yaqinida joylashgan ariqqa tushib ketgan va vafot etgan.

“Ichim kuyib ketyapti. Men farzandimni ishonib bog‘chaga topshirdim. Nima uchun ular e’tiborsizlik qiladi? 3 kun bo‘ldi. Bog‘cha yana faoliyatini davom ettiryapti. Bog‘cha opalar va bog‘cha ma’muriyatining qonunan javobgarlikka tortilishini so‘rayman”, degan marhuma qizaloqning onasi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voyaga yetmagan qizning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi hamda maktabgacha ta’lim tashkilot mas’ul xodimlarining harakatlariga baho berish uchun idoraviy xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan xususiy bolalar bog‘chalaridan birida 2 yoshli bola karavotga osilib qolib, vafot etgandi.

Jaloliddin Rahmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qamashi Qashqadaryo Bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing