Bog‘chada qo‘llari ko‘kartirib tashlangan qizchaga tibbiy ekspertiza tayinlandi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand viloyatidagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari tishlanib, ko‘kartirib tashlangani xabar qilingandi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olganini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20 may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002 yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh. (2021 yilda tug‘ilgan, qiz bola)ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022 yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A.Sh. ning onasi M.S. 20 may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham mazkur holat bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq qizning onasi M.S. QALAMPIR.UZ bilan suhbatda dastlab tarbiyachi unga farzandini 2 yoshli boshqa bir bola tishlaganini aytgani, lekin IIB ishga aralashganidan so‘ng, qizcha bu bog‘chada ro‘yxatda turmasligi ta’kidlanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing