Bog‘cha tarbiyalanuvchisi neolit davriga oid pichoqni topib oldi

Olam

image

Germaniyaning Quyi Saksoniya shtatidagi Siyeke kichik shaharchasida bolalar bog‘chalaridan birining tarbiyalanuvchisi muassasa hududidan yangi tosh davri – neolit davriga tegishli pichoqni topib oldi. Uning yoshi taxminan 4000-5000 yil deb baholanmoqda. Bu haqda “Deutsche welle” xabar berdi

Pichoqning necha yilga tegishli ekanligi haqidagi xulosani Diyepholz mintaqaviy muzeyi mutaxassislari bergan. Ularga qizchaning ota-onasi dastlab fotosuratlarni yuborgan, so‘ngra ob’ektning o‘zini keyingi o‘rganish uchun topshirgan. 

Hozirgacha ushbu hududlarda yangi tosh davrining yaxshi holatda saqlanib qolgan pichoqlari bir necha bor topilgan. Topilma kelasi hafta, 26 aprel kuni omma e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.

Muzey vakilining ta’kidlashicha, u viloyat tarixi uchun yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, eksponat sifatida katta qiziqish uyg‘otadi. 

Manbaga ko‘ra, tosh pichoq kimga tegishli bo‘lib qolishi Germaniyadagi davlat qonunlari bilan tartibga solinadi. Qoidalarga ko‘ra, Quyi Saksoniyada fuqarolar bunday arxeologik topilmalar haqida rasmiylarga xabar berishlari shart. Muayyan sharoitlarda ular davlat mulkiga aylanishi mumkin. Bunday hollarda, topib olgan shaxsga mukofot puli to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya neolit Bog'cha tarbiyalanuvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing