Boeing ikkita aviahalokatda aybdorligini tan oldi – “Reuters”

Olam

image

Boeing korporatsiyasi AQSH Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishdi va ikkita 737 MAX halokatidan keyin kechiktirilgan jinoiy ish bo‘yicha kelishuvni buzganlik uchun firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Vazirlik 30 iyun kuni tegishli taklif bilan chiqdi va mulohaza yuritish uchun bir hafta vaqt berdi. Qaror federal sudyaning roziligini talab qiladi va “AQSH Mudofaa vazirligi va NASA bilan hukumat shartnomalarini tuzish imkoniyatiga tahdid soladi”.

“Ammo shu yo‘l bilan kompaniya sud jarayonlaridan qochadi, bu esa Boeing samolyoti halokatiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishi mumkin”, deb yozadi nashr.

Gap Boeing 737 MAX samolyotining Indoneziya va Efiopiyada halokatga uchragani haqida ketmoqda. Birinchisi 2018 yil oktyabr oyida yuz berdi: Indoneziyaning Lion air samolyoti Yava dengiziga qulab tushdi va 189 kishi halok bo‘ldi. 2019 yilning mart oyida Efiopiya havo yo‘llari samolyoti qulab, 157 kishi halok bo‘lgan edi. Ikkala holatda ham uchuvchilar parvozni boshqarish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berdi. Qurbonlarning oilalari voqea uchun javobgarlikni Boeing zimmasiga qo‘yishni talab qilmoqda.

Ushbu ofatlarning sababi nuqson - noto‘g‘ri datchik ko‘rsatkichlari bo‘lib, bu qulashga olib keldi.

Boeing kompaniyasi 737 MAX'ning noto‘g‘ri ishlashi haqida regulyatorlarni aldash bilan bog‘liq firibgarlikda ayblanmoqda.

2021 yilda kompaniya AQSH Adliya vazirligi bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, unga ko‘ra, firibgarlik ayblovlarini olib tashlash evaziga falokatlardan keyin ishlab chiqilgan muvofiqlik dasturiga uch yil amal qilish kerak edi.

Shuningdek, korporatsiya 243,6 million dollar miqdorida qo‘shimcha jarima (u kechiktirilgan jinoiy ish bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida xuddi shuncha miqdorda jarima to‘lagan) to‘lashi va korporativ monitorni uch yilga tayinlashi kerak bo‘ladi.

Samolyot ishlab chiqaruvchisi xavfsizlik va muvofiqlik dasturlarini ishlab chiqish uchun kamida 455 million dollar sarmoya kiritishga rozi bo‘ldi.

Ta’qib qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv muddati tugashiga ikki kun qolganida Alaska Airlines samolyoti halokatga uchradi. 2024 yil yanvar oyida taxminan 5 km balandlikdagi parvoz paytida Boeing 737 MAX 9 samolyotining favqulodda chiqish lyuki chiqib ketdi. Samolyot kabinadagi bosim pasayganligi sababli Portlend aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Hech qanday zarar yo‘q.

O‘shanda AQSH Adliya vazirligi va AQSH Federal Aviatsiya ma’muriyati Boeing'ga qarshi yana bir tergov boshladi. Milliy transport xavfsizligi kengashining dastlabki hisobotida aytilishicha, lyukda to‘rtta o‘rnatish murvati bo‘lmagan.

Ushbu baxtsiz hodisadan keyin kompaniyadagi inqiroz sharoitida Boeing 737 MAX samolyotlari uchun konstruksiyalarni ishlab chiqaradigan asosiy yetkazib beruvchisi Spirit AeroSystems kompaniyasini 4,7 milliard dollarga sotib oldi.

Kompaniya ushbu xarid ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligini oshirishiga ishonch bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Boeing

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing