Bobur ko‘chasidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik yopiladi
Jamiyat
−
19 yanvar 2023 9596 1 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kunidan Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘prik yo‘l ta’mirlash ishlari sababli yopiladi.
“Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 yanvaridan Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i qisman yopilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust