Bobur Bekmurodov “Yuksalish”ga rais bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Bobur Mansurovich Bekmurodov “Yuksalish” umummilliy harakati raisi sifatida ish boshlashi kutilyapti. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Bugun, 27 iyul kuni “Yuksalish” umummilliy harakati ta’sischilarining yig‘ishilishi bo‘lishi kutilyapti. Unda tashkilotning yangi raisi kim bo‘lishi ko‘rib chiqiladi.

Bobur Bekmurodov hozirda “Yuksalish” umummilliy harakati raisining dasturlar va hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelyapti.

Ma’lumot uchun, Bobur Bekmurodov 1985 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakatining avvalgi raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bobur Bekmurodov

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing