Bobojonov Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Baxtjan Almaxanovich Izbasarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Izbasarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Talg‘at Sulaymanovich Qdirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar T.Qdыrbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Ulug‘bek Anvarovich Xalimov Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Xalimov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi katta tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Sirojiddin Sa’dullayevich Ortiqov Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Xalimov Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkvonik Surach Sadriddinovich Sharipov Samarqand viloyati Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Sharipov Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Faxriddin Tohirovich Hayitov Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Xayitov Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing