Bobojonov Elbek Rahimovning o‘ldirilishiga nima sabab bo‘lganini aytdi 

3-sahifa

image

Aralash kurash jangchisi Elbek Rahimovning o‘ldirilishiga musobaqadagi kelishmovchilikdan boshlangan janjal sabab bo‘lgan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bugun, 19 avgust kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu ikki guruh o‘rtasidagi janjal musobaqadagi kelishmovchilikdan boshlangan. Birining ukasi, yana birining shogirdi bahslashgan. Biri yutgan, biri yutqazgan. Shundan kelishmovchilik boshlangan, lekin hech kimga xabar berilmagan”, deydi Ichki ishlar vaziri.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Elbek Rahimov yonida pnevmatik qurol olib yurgan.

“Marhum yonida pnevmatik qurol olib yurgan, mashinadan ham chiqqan. Pnevmatik to‘pponcha havo va gaz bilan tayyorlanadigan qurol, desayam bo‘ladi. Hozir Qarshi va Toshkentdagi qurol do‘konlarida sotilyapti”, deydi u.

Vazirning aytishicha, ayni paytda qurol do‘konlarini tartibga solish bo‘yicha hujjat tayyorlanmoqda. Hozirga qadar bo‘lgan davrda sotilgan qurollarning esa hisobi yuritilmagani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida aralash kurash jangchisi Elbek Rahimov bir guruh odamlar tomonidan qasddan o‘ldirildi.

Ichki ishlarga 102 orqali jinoyat haqida xabar 17 avgust kuni soat 9:49 da kelib tushgan, xodimlar voqea yuz bergan joyga xabar tushgandan so‘ng, 21 daqiqa o‘tib, soat 10:10 da yetib borgan. Jinoyatni “issiq izlar”da fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida shu kunning o‘zida jinoyatga aloqador Qarshi shahri va Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar Sh.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Sh.Z. va E.A. ushlangan.

Kecha, 18 avgust kuni jinoyat tashkilotchisi ekani aytilayotgan Z.B. Chiroqchi tumanidagi yashirinib yotgan joyidan soat 17:05 da topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing