Bobousmon Baturovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bobousmon Baturovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilotchi promouterlik kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Baturov navbatdagi jangini joriy yilning 22 iyul kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga mahalliy sportchi Vadim Lubsanov raqiblik qiladi. Lubsanov Bobousmonga qaraganda ancha tajribali bo‘lib, u prof boksda 8 ta jang o‘tkazib, 6 tasida g‘alaba qozongan va 2 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan. O‘zbekistonlik bokschi esa professional boksda 2 ta jang qilib, 1 tasida g‘alabaga erishgan. Shuningdek, Baturov 6 may kuni 2-prof jangini o‘tkazgan va unda bahsli durang qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Bobousmon sportdagi faoliyatini 2013 yilda havaskor boksda boshlagan. U 2018 yilda Jakartada bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan. 2019 yilda esa Osiyo chempionligi hamda Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

bokschi Bobousmon Baturov Vadim Lubsanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made