BMW ortidan minglab Mercedes-Benz`lar ham qaytarib olinadi

Texnologiya

image

Germaniya hukumati Daimler avtokonserniga dizel yoqilg‘isida ishlovchi motorli 60 mingta Mercedes-Benz GLK 220 CDI avtomobillarini qaytarib olish majburiyatini yukladi. Bu haqda Bild am Sonntag nashri xabar berdi.

Bunga avtomobilni ishlab chiqarishda chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalarni kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minotdan foydalanilgani sabab bo‘ldi. Avtokonsern hukumat talabini qabul qilgan bo‘lsa-da, barcha ayblovlarni rad qildi.

Germaniya hukumati Daimler ishlab chiqaradigan boshqa avtomobillarda shunday dasturiy ta’minot qo‘llanganmi yo‘qmi tekshirish niyatida.

Bunday avvalroq, BMW dunyo bo‘ylab 560 mingta avtomobilini qaytarib olishi ma’lum bo‘lgandi. Kompaniya qaytarib oladigan avtomobillarning 274 mingtasi Germaniyada. Avtomobillarning qaytarib olinishiga, yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan elektr o‘tkazgich bog‘lamalaridagi korroziya sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Mercedes-Benz

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing