BMTning qabul komissiyasi Falastin a’zoligi bo‘yicha kelisha olmadi

Olam

image

Qabul komissiyasi Falastinning BMTga to‘laqonli a’zoligi bo‘yicha konsensusga erisha olmadi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik raisi bo‘lmish Malta vakolatxonasiga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Falastinning a’zo bo‘lishini tavsiya qilish bo‘yicha konsensusga erishilmadi”, deyiladi Malta vakolatxonasi bayonotida.

Qayd etilishicha, Malta ushbu masala bo‘yicha hisobot tayyorlab, BMT Xavfsizlik kengashi a’zolariga taqdim etadi.

Boshqa tomondan, Maltaning BMTdagi doimiy vakili Vanessa Fraser jurnalistlarga a’zolik shartlari bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligini va qo‘mitaning uchdan ikki qismi a’zolikni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga davlatning xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zoligi bilan bog‘liq maktub yo‘lladi.

“Bugun Falastin davlati Falastin rahbariyati nomidan Bosh kotibga (Antoniu Guterrish) a’zolik haqidagi arizasini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab maktub yo‘lladi”, deya X ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi Riyod Mansur ariza xati nusxasini ilova qilgan holda.

Xususan, Mansur maktubda BMT Xavfsizlik kengashidan aprel oyida Falastinning xalqaro tashkilotga kirish haqidagi arizasini ko‘rib chiqishni va so‘rovni imkon qadar tezroq BMT Xavfsizlik kengashiga topshirishni so‘ragan so‘ragan. 

Falastin BMTda "a’zo bo‘lmagan kuzatuvchi davlat" maqomiga ega. 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi Falastinning maqomini “kuzatuvchi tashkilot”dan “a’zo bo‘lmagan kuzatuvchi davlat”ga ko‘tardi.

Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun BMT Xavfsizlik kengashining roziligi, so‘ngra BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish kerak. Falastin 2011 yilda BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun ariza bergan, biroq bu tashabbus BMT Xavfsizlik kengashida yetarlicha qo‘llab-quvvatlana olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing