BMTning Afg‘oniston uchun yordam yuki Termizga olib kelindi

Jamiyat

image

BMTning Afg‘oniston xalqi uchun mo‘ljallangan gumanitar yordamining ilk partiyasi O‘zbekistonda tashkil etilgan logistik markazga yetib keldi. Yordam yuki birlamchi mahsulotlardan iborat.

Gumanitar yordam “Termiz-Hayraton” chegara o‘tkazish punkti orqali Mozori-Sharifga yetkaziladi.

15-17 oktyabr kunlari BMTning Dubaydagi logistika markazidan navbatdagi gumanitar yordam kelishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, oktyabr oyining boshidan beri BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi bo‘yicha Afg‘onistonga temir yo‘l orqali 40 vagonga yaqin oziq-ovqat etib kelgan.

Avvalroq, BMT yaqin vaqt ichida Termiz shahriga gumanitar yordam bilan uchta samolyot yuborishni rejalashtirgani, uni yuk mashinalari bilan Xayraton chegara punkti orqali Mozori-Sharifga yetkazib berish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing