BMTda qaror topmagan adolat qurol bilan tiklandi – rasmiy Baku

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi bitta doimiy o‘rin Qo‘shma Shtatlarga berilishi, raislik qiluvchi mamlakat esa rotatsiya asosida almashtirilishi kerak. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 2 mart kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida aytib o‘tdi. 

Uning ta’kidlashicha, Baku Afrika bo‘yicha Xavfsizlik Kengashida doimiy o‘rinlar ajratilishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Misol tariqasida Ozarbayjon rahbari BMT mexanizmining Janubiy Kavkaz uchun samarasizligiga e’tibor qaratdi.  

“Xavfsizlik Kengashining ayrim rezolyutsiyalari bir necha kun ichida amalga oshirilgan bo‘lsada, Ozarbayjon misolida Armaniston qariyb 30 yil davomida BMT Xavfsizlik Kengashining to‘rtta rezolyutsiyasini e’tiborsiz qoldirdi. Garchi bu hujjatlarda Armaniston Qurolli Kuchlarini Ozarbayjon hududlaridan zudlik bilan va so‘zsiz olib chiqib ketish aniq talab qilingan bo‘lsa ham”, deydi siyosatchi. 

Davlat rahbari 2020 yilda Ozarbayjon o‘zining hududiy yaxlitligini tiklab, o‘z kuchi bilan ushbu qarorlar ijrosiga erishganini ta’kidladi. 

“Bu, ehtimol, BMT tashkil etilganidan buyon dunyoda birinchi bo‘lib kuzatilayotgan bunday holatdir”, deydi Ilhom Aliyev. 

Prezident Ozarbayjon 30 yillik mustalakadan so‘ng “dunyoda eng ko‘p minalangan davlatlar” qatoriga kirishini ta’kidladi. 

“Ovozimiz butun dunyoga eshitilishi uchun men bizga fikrdosh, minalardan zarar ko‘rgan davlatlar guruhini tuzishni taklif qilmoqchiman”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev BMT Ozarbayjon-Armaniston Qo'shilmaslik harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing