BMT va Rossiya Ukraina doni masalasini muhokama qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 11 noyabr kuni Shveyssariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Rossiya delegatsiyalarining uchrashuvida Ukrainadan don eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni uzaytirish masalasi muhokama qilindi. Muhokamalar amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida bo‘lgan. Bu haqda jurnalistlarga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning idorasidan ma’lum qilingan.

“Ishtirokchilar Qora dengiz don tashabbusini amalga oshirishga e’tibor qaratdilar va uni uzaytirish bo‘yicha konstruktiv muhokamani o‘tkazdilar”, degan Guterrish idorasi.

11 noyabr kuni Jenevada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Martin Griffits va BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi bosh direktori Rebekka Grinspen boshchiligidagi delegatsiya hamda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyadan oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini muhokama qilingani haqida xabar bergan edi. Jahon tashkiloti ushbu eksportdagi barcha to‘siqlarni olib tashlashga chaqirgan

Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar 22 iyul kuni 120 kunga tuzilgan. Kelishuv 19 noyabrgacha amal qiladi va agar tomonlardan hech biri (Rossiya, BMT, Ukraina, Turkiya) qarshilik qilmasa, avtomatik ravishda 120 kunga uzaytiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing