BMT Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini boy berdi – Lavrov
Olam
−
11 may 2022
8206Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini boy berdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ummon Tashqi siyosati yetakchisi Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha brifingda ma’lum qildi.
“Afsuski, ushbu tashkilot kotibiyati, shu jumladan, uning Bosh kotibi siyosiy kelishuvga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi”, deydi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yetti yil davomida BMT Kiyev rejimining Ukraina sharqidagi kelishuv bo‘yicha Minsk kelishuvlarini ma’qullagan Xavfsizlik kengashining 2202-rezolyutsiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sabotajiga hech qanday munosabat bildirmagan.
9 may kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskva va Kiyevni mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan edi.
“Biz xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq kelishuvlarni muhokama qilish uchun muloqotga muhtojmiz. Men mintaqaviy hamkorlarni barqarorlik manfaatlari yo‘lida ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, degan edi Guterrish.
11 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova rossiyalik va ukrainalik muzokarachilar o‘rtasidagi aloqalar davom etayotganini маълум qildi.
Ma’lumot uchun, 7 aprel kuni BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi tufayli Rossiyaning BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasidagi faoliyatini to‘xtatuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bosh Assambleyaning qarori Rossiya Federatsiyasini ovoz berish va Kengashda nutq so‘zlash huquqidan mahrum qildi. Bunga javoban Rossiya IHKdagi vakolatlarini muddatidan oldin tugatishini e’lon qildi. Shunday qilib, Rossiya IHKda kuzatuvchi maqomiga o‘tdi, bu unga o‘z ishida ishtirok etishni davom ettirish, o‘z tashabbuslarini taqdim etish va rezolyutsiya loyihalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashish imkonini beradi.
LiveBarchasi