BMT Ukrainadagi urushda jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar sonini ochiqladi

Olam

image

Ukrainadagi urush davomida 133 nafar jinsiy zo‘ravonlik qurboni qayd etilgan. Ulardan 85 nafari erkak, 45 nafari ayol va 3 nafari qizlarni tashkil etadi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi rahbari Matilda Bogner ma’lum qilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Missiya shu yilning yanvar oyi oxirigacha bunday ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

“Odamlar urush uchun to‘layotgan dahshatli tovon orasida o‘tgan yilning 24 fevralidan beri qayd etib kelinayotgan jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq o‘limlar ham bor”, deydi Matilda Bogner.

Zo‘ravonliklarning eng ko‘pi – 109 tasi Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida rossiyalik harbiylar, huquqni muhofaza qilish organlari va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Bognerning aytishicha, jinsiy zo‘ravonlikdan asosan tinch aholi vakillari yoki harbiy asirlar jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 8 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jinsiy zo'ravonlik Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing