BMT sudi Kiyevning genotsid bo‘yicha da’vosini ko‘rishga haqli emas – Rasmiy Moskva

Olam

image

BMT sudi Kiyevning genotsid haqidagi konvensiya bo‘yicha da’vosini ko‘rib chiqishga haqli emas – Rossiya Tashqi ishlar vazirligi

Rossiya Xalqaro sudga uning yurisdiksiyasiga qarshi yozma e’tirozlarini yubordi. Bu esa, Kiyevning 2022 yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga qarshi 1948 yildagi Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyaga binoan qo‘ygan da’vosi bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“3 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xalqaro sudga joriy yilning fevral oyida Kiyev tomonidan 1948 yildagi Genotsid jinoyatning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq mamlakatimizga qo‘yilgan da’voni mazmunan ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasiga qarshi yozma e’tirozlarini taqdim etdi”, deb xabar berdi diplomatik departament.
 
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, “hujjatda Kiyevning da’volari haqiqatda BMT Nizomiga muvofiq “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishning qonuniyligiga, shuningdek, DXR va LXR maqomiga e’tiroz bildirish bilan bog‘liqligi aniq va bir ma’noda tushuntiriladi, lekin aytilgan konvensiyaning bu masalalarga aloqasi yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV.

Rossiya TIV Ukraina tomoni Xalqaro sudga murojaat qilish protsessual huquqini yana suiste’mol qilayotganini ta’kidladi. 

“Xususan, 1948 yildagi konvensiya da’vo arizasi uchun asos qilib tanlandi, chunki u Rossiya va Ukraina ishtirokidagi yagona xalqaro shartnoma bo‘lib, ushbu sudga murojaat qilishga imkon beradi, lekin majburiy talabni o‘z ichiga olmaydi”, deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi vakili.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid

Baholaganlar

121

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing