BMT Rafahda oziq-ovqat tarqatishni to‘xtatdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida oziq-ovqat, suv va boshqa insonparvarlik yordamlarini tarqatishni to‘xtatdi. Bu haqda agentlikning X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

UNRWA vakillarining yozishicha, janglar tufayli oziq-ovqat tarqatish ham xodimlar, ham mahalliy aholi uchun xavfli bo‘ladi. Bundan tashqari, janglar yangi gumanitar yordam yetkazib berishni qiyinlashtirmoqda.

Shu sababli, UNRWA yordam tarqatish punkti va omborini yopmoqda.

6 may kuni Isroil G‘azo sektori janubidagi, Misr bilan chegaradosh Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiyasini boshladi.

Isroil Rafahni HAMASning oxirgi tayanchi deb ataydi.

Qayd etish joizki, Isroil ko‘plab mamlakatlarda salbiy munosabatiga qaramay, G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida harbiy amaliyot o‘tkazmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil bu shaharda keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlasa, Amerika harbiy yordamini to‘xtatish bilan tahdid qildi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Rafahda G‘azo sektoridagi janglardan qochgan bir milliondan ortiq tinch aholi istiqomat qiladi va agar keng ko‘lamli janglar bo‘lsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing