BMT Putinning qarorini olqishladi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning pravoslav Rojdestvo bayramlarida Ukrainadagi barcha harbiy aloqa chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy qilganini olqishlaydi. Bu haqda Bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi. 

“Rojdestvo ham ruslar, ham ukrainaliklar uchun muqaddas davrdir. Ushbu muqaddas vaqtni barcha jangovar harakatlar to‘xtatilishi bilan nishonlash imkoniyati har doim Bosh kotib tomonidan olqishlanadi”, deydi Dyujarrik matbuot brifingida. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. U Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing