BMT kimlar “tirik tovar”ga aylanayotganini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarni odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytirishga, shu jumladan, tana a’zolarini sotishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Bosh Assambleyaning 76-sessiyasi delegatlari BMTning Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Global harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha Siyosiy deklaratsiyani qabul qilgan. 

Deklaratsiya barcha davlatlarni “tirik tovar” savdogarlari tomonidan qo‘llanilayotgan jinoiy sxemalarni fosh etishga chaqiradi.

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Amina Muhammad hujjatning qabul qilinishini olqishlab, hozirgi global inqirozlar, jumladan, COVID-19 pandemiyasi 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini, jumladan, odam savdosini oldini olish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirishdagi taraqqiyotni to‘xtatib qo‘yganini ta’kidladi.

Bugungi kunda odam savdosi istisnosiz barcha mamlakatlarda uchraydi. Dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlar ana shunday jinoyatlar qurboni bo‘lmoqda. Ular jinsiy yoki mehnat ekspluatatsiyasi, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish, tilanchilik qilish yoki hatto organlarini olish uchun sotiladi.

“Biz ko‘pincha odam savdosi bilan shug‘ullanayotganlarning jinoyatlari haqida hech narsa bilmaymiz, ularning aksariyati global yashirin iqtisodiyot sohalarida va internet saytlarida sodir bo‘ladi. Pandemiya sharoitida tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan odam savdogarlari faol foydalanmoqda”, deydi Amina Muhammad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odam savdosining asosiy qurbonlari jinsiy qullikka sotilayotgan yoki erta turmush qurishga majburlangan, maktablarga kiritilmagan va uy qulligiga majburlangan ayollar va qizlardir.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing