BMT Xavfsizlik Kengashi birinchi marta G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
Olam
−
26 mart
3883Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Ramazon oyida G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi, bu esa doimiy va barqaror otashkesimga olib kelishi mumkin.
BMT Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosi doimiy bo‘lmagan a’zolar Jazoir, Ekvador, Gayana, Yaponiya, Malta, Mozambik, Janubiy Koreya, Serra-Leone, Sloveniya va Shveysariya tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya loyihasiga ovoz berdi.
Qaror loyihasi 14 ta yoqlab, 1 nafar betaraf ovoz bilan qabul qilindi. AQSH ovoz berishda betaraf qoldi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng rezolyutsiya loyihasida “doimiy o‘t ochishni to‘xtatish” iborasi kelishib olindi. Oxirgi daqiqada AQSH delegatsiyasi rezolyutsiya loyihasi matniga “doimiy” so‘zini “noaniq” so‘zi bilan almashtirib, o‘zgartirish kiritishni so‘radi. Taxminlarga ko‘ra, AQSH shu yo‘l bilan o‘t ochishni to‘xtatish jarayoniga moslashuvchanlikni qo‘shgan.
Rossiya tomonidan taklif qilingan, ovoz berishdan oldin matnni asl shakliga o‘zgartirgan tuzatishga Qo‘shma Shtatlar veto qo‘ydi.
Ta’kidlash joizki, 7 oktyabrdan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Rezolyutsiyada BMT Xavfsizlik Kengashining Falastin masalasida shu paytgacha qabul qilingan rezolyutsiyalari eslatilib, barcha tomonlar xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro inson huquqlari qonunlariga rioya qilishga majbur ekani ta’kidlanadi.
Rezolyutsiyada tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlar hamda barcha terrorchilik harakatlari qoralangan va asirlarni olish xalqaro huquq normalarining buzilishi ekani qayd etilgan.
Rezolyutsiyada G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirilgan hamda Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlar tomonidan olib borilayotgan diplomatik sa’y-harakatlar yuqori baholangan.
Rezolyutsiyada “Ramazon oyida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, bu barcha tomonidan hurmat qilinishi hamda doimiy va barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga, shuningdek, barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga” chaqirilib, insonparvarlik va tibbiy yordamdan foydalanishni talab qilingan.
Rezolyutsiya tomonlarni asirga olinganlarga nisbatan xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlarini bajarishga chaqiradi.
Rezolyutsiyada G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni zudlik bilan oshirish muhimligi ta’kidlanadi va tinch aholi himoyasi yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlash va zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatish talab etiladi.
Qarorda vaziyat yaqindan kuzatilishi ta’kidlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr