G‘azoda qurbon bo‘lganlar 45,5 mingga yaqinlashdi
Olam
−
28 dekabr
7262023 yil oktyabr oyida G‘azo sektorida urush boshlanganidan buyon Isroil hujumi oqibatida 45,5 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi, 108 mingdan ortig‘i jarohatlandi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Isroilning G‘azodagi harakatlari oqibatida o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri qurbonlar soni 45 484 nafarga yetdi, yana 108 090 kishi jarohatlandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘tgan 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektoridagi bombardimonlari oqibatida 48 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 52 kishi jarohat olgan.
Ma’lumot uchun, Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda Falastinning HAMAS harakati tarafdorlarining G‘azo sektoridan Isroil hududiga qurolli hujum uyushtirishi bilan keskinlashgan edi. Ushbu hujum davomida chegara yaqinidagi aholi punktlarida yashovchi odamlar o‘ldirilib, 240 nafardan ortiq kishi garovga olingan. Bunga javoban Isroil HAMAS harbiy va siyosiy tuzilmalarini yo‘q qilish va o‘g‘irlanganlarni ozod qilish maqsadida harbiy operatsiya boshlagan. G‘azo sektorida jangovar harakatlar hali ham davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS Isroil bilan G‘azo sektori bo‘yicha sulhga erishish ehtimoli haqida bayonot berib, buning amalga oshishini “har qachongidan yaqinroq” degan edi. Biroq Isroil Prezidenti Isxak Gersog muzokaralarda sulh bitimiga erishish ehtimoli ortib borayotgani haqidagi xabarlarga qaramay, hali muhim burilish ro‘y bermaganini ma’lum qildi. Bildirilishicha, Isroil delegatsiyasi Qatarda HAMASning bitim tafsilotlariga javobini kutmoqda, lekin ijobiy javob olish ehtimoli kam. Shuningdek, Isxak Gersog G‘azo sektorida 444 kundan beri asirlikda qolayotgan va asosiy gumanitar yordam, dori-darmon yoki Qizil Xoch vakillari tashriflarisiz qolgan qariyb 100 nafar garovdagi shaxsni eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi