BMT “qora ro‘yxatida”. Afg‘onistonning yangi Bosh vaziri kim?
Olam
−
08 Sentabr 2021
9869Xabaringiz bor, “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.
Joriy yilning 7 sentyabr kuni esa “Tolibon” yangi hukumat tuzilganini va unga kimlar kiritilganini e’lon qildi. Bunda kutilganidek, toliblar vakili mulla Muhammad Hasan Oxun Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi vazifasiga tayinlandi.
Afg‘oniston Bosh vaziri mulla Muhammad Hasan Oxun mamlakatning Qandahor viloyatining Panjvay tumanidagi Pashmul shahrida tug‘ilgan.
U 1990-yillarning o‘rtalarida Afg‘oniston hududining katta qismini o‘z qo‘liga olgan “Tolibon” harakatining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Muhammad Hasan Oxun 1996-2001 yillarda “Tolibon” nazorati ostida bo‘lgan hududda Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, shuningdek Qandahor hokimi bo‘lgan. Qolaversa, “Tolibon” harakatining rahbari Muhammad Umarning (2011 yilda o‘ldirilgan) siyosiy maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2009 yil holatiga ko‘ra, Muhammad Hasan Oxund “Tolibon” harakati Shuro kengashi rahbariyatining a’zosi bo‘lgan. Keyinchalik esa, Shuroning rahbari bo‘lgan.
Aytish joizki, Oxun 2001 yilda buyon BMTning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan va hamon chiqarilmagan. Shuningdek, u 2003 yilda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan o‘nlab odamlarning ikkinchisi bo‘lgan.
LiveBarchasi