BMT qayg‘uli statistikani e’lon qildi

Olam

image

2022 yilda 95 million kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida yashayapti. Bu haqda BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szyunxua tashkilot Bosh Assambleyasi ikkinchi qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, ma’lum qildi.

“2022 yilda jahon iqtisodiyotidagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Yillik global ishlab chiqarish 2,5 foizdan 2,8 foizgacha oshishi kutilmoqda, bu avvalroq prognoz qilinganidan sezilarli darajada past”, deydi u.

U BMT Bosh Assambleyasi Ikkinchi qo‘mitasi qarorlarini ishlab chiqishda davlatlar o‘rtasidagi “katta moliyaviy tafovut”ni hisobga olish zarurligini ta’kidladi.

Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar hali ham pandemiya bilan kurashmoqda, ular yuqori inflyatsiya va iqtisodiy turg‘unlik bilan bartaraf etmoqchi, inqiroz energiya narxining keskin oshishi bilan yanada kuchaymoqda.

Li Szyunxua, 2022 yilda 95 million odam hali ham o‘ta qashshoqlik sharoitida qolayotganiga e’tibor qaratgan.

Rivojlanayotgan davlatlar bir-biriga bog‘langan va bir-birini kuchaytiruvchi ko‘plab inqirozlarga duch kelib, “bolg‘a va sandon” o‘rtasida qolib ketdi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun ularning investitsiya ehtiyojlari sezilarli darajada oshdi.

Bosh kotib o‘rinbosari ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar odamlar farovonligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini, biroq hozircha ko‘pchilik internetga kirish imkoniga ega emasligini qo‘shimcha qildi.

“Biz yo‘nalishni o‘zgartirishimiz, 2030 yilgacha natijalarga erishishimiz kerak va buni hozirdan boshlashimiz kerak”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

qashshoqlik

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing