BMT gumanitar yordam uchun rekord darajada mablag‘ so‘radi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon hamjamiyatini harbiy mojarolar qurbonlariga yordam berish uchun rekord darajadagi 41 milliard dollar xayriya yig‘ishga chaqirdi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda 2022 yilga mo‘ljallangan Global gumanitar yordam rejasi haqidagi hisobotini e’lon qilish asnosida aytib o‘tdi.

Hisobotda aytilishicha, dunyo bo‘ylab insonparvarlik yordamiga muhtoj insonlar soni yil sayin ortib bormoqda.

2022 yilda 274 million bola va kattalar himoya va shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin, bu joriy yildagidan 17 foizga ko‘p. Avvalo, bular Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Efiopiya va Sudan aholisidir. BMTga ko‘ra, Efiopiya aholisi eng achinarli ahvolga tushib qolgan.

Griffitsning aytishicha, bugungi kunda dunyoda qashshoqlik va urushdan aziyat chekayotgan 183 million odam bor va yordam uchun 41 milliard dollar yig‘ilishi kerak.

BMTning gumanitar yordam rejasi shuningdek, Burkina-Faso, Burundi, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Gonduras, Iroq, Liviya, Livan, Madagaskar, Mali, Mozambik, Myanma, Niger, Nigeriya, bosib olingan Falastin hududlari, Somali, Janubiy Sudan, Ukraina va Venesuelani ham qamrab oladi. Shuningdek, Bangladeshdagi Arakanlik qochqinlarga yordam beriladi.

Hisobotda aytilishicha, dunyo aholisining bir foizdan ortig‘i ichki ko‘chirilganlarga aylangan, ayni paytda qashshoqlik darajasi o‘sishda davom etmoqda.

Dunyoning 43 davlatida jami 45 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda, eng ko‘p ayollar va qizlar azob chekmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz BMT

Baholaganlar

75

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing