BMT global oziq-ovqat inqirozi xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
22 mart 2021
3280Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) dunyodagi oziq-ovqat inqirozi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda tashkilotning tegishli hisobotiga asoslanib xabar berilgan.
Hujjatda aytilishicha, 30-50 yil avvalgi shunga o‘xshash ma’lumotlar bilan taqqoslaganda, yiliga o‘rtacha tabiiy ofatlar soni uch baravar ko‘paygan.
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, bunday ofatlarga ob-havo hodisalari, o‘rmon yong‘inlari yoki zararkunandalar tomonidan zararlanishlar kiradi.
Ular zararning qariyb 63 foizi qishloq xo‘jaligiga tegishli ekanini ta’kidlagan.
BMT koronavirus pandemiyasi global oziq-ovqat tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, inqiroz xavfini oshirganini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan birga, Iqtisodiyot Oliy maktabi biznesni o‘rganish markazining direktori Georgiy Ostapkovich FAO hisobotining mazmunini shubha ostiga qo‘ygan.
Uning fikricha, tashkilot bunday bayonotlarni tez-tez berish orqali "rivojlangan mamlakatlardan qashshoq mamlakatlar uchun pul undirmoqchi".