BMT G‘azoda bolalarni emlash kampaniyasiga tayyorlanyapti

Olam

image

Poliomiyelit virusi allaqachon G‘azoda tarqalmoqda, ya’ni yuz minglab bolalar o‘lim xavfi ostida. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

Uning aytishicha, so‘nggi haftalarda Xon Yunus va Dayr al-Bahldagi kanalizatsiya namunalarida poliovirus aniqlangan. Poliomiyelit tarqalishining oldini olish keng ko‘lamli, muvofiqlashtirilgan va tezkor harakatlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan BMT avgust oyi oxirida G‘azoda 10 yoshgacha bo‘lgan 640 mingdan ortiq bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasini boshlashni rejalashtirmoqda.

"Men barcha tomonlarni kampaniya uchun gumanitar pauza o‘rnatish maqsadida zudlik bilan aniq kafolatlar berishga chaqiraman", deydi Guterrish.

Uning so‘zlariga ko‘ra Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti poliomiyelitga qarshi 1,6 million doza vaksinani chiqarishni allaqachon ma’qullagan. UNICEF vaksinalar va saqlash uskunalarini yetkazib berishni muvofiqlashtirib boradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi (UNRWA) G‘azodagi eng yirik tibbiy yordam ko‘rsatuvchi vaksinalarni dalaga yetkazish uchun tibbiy guruhlarni tayyorlamoqda.

“Qiyinchiliklar jiddiy. G‘azoda sog‘liqni saqlash, suv va kanalizatsiya tizimlari quladi. Aksariyat shifoxonalar va birlamchi tibbiy yordam markazlari ishlamayapti. Odamlar doimo xavfsizlik izlab qochib yuradi. Mojaro muntazam emlashni jiddiy ravishda buzdi, bu esa qizamiq va gepatit A kabi boshqa oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning tarqalishini oshirdi”, deya ta’kidladi BMT Bosh kotibi.


Antonio Guterrishning ta’kidlashicha, emlashda sog‘liqni saqlash muassasalaridagi 708 birlamchi tibbiy yordam guruhlari va maydonga ketadigan yana 316 jamoa ishtirok etadi.

"Poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun xavfsizlik birinchi o‘rinda turadi. U tibbiyot xodimlariga o‘z ishlarini qilishlari uchun, bolalar va ularning oilalari esa tibbiy muassasalarga borishlari uchun kerak", deydi Bosh kotib. 

Guterrish mojaroning barcha tomonlarini emlash kampaniyasi vaqtida tibbiyot xodimlariga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish UNICEF G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing