BMT G‘azoda har soatda ikki ayol halok bo‘layotganini ma’lum qildi

Olam

image

G‘azo sektorida har soatda ikki ayol, har ikki soatda yetti nafar ayol halok bo‘lmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibining ayollar bo‘yicha o‘rinbosari Sima Sami Baxus ma’lum qildi.

“7 oktyabrdan beri halok bo‘lgan tinch aholi soni so‘nggi 15 yildagidan ikki baravar ko‘p. Hozirda G‘azo sektorida halok bo‘lgan 14 mingdan ortiq odamning 67 foizi ayollar va bolalar ekanligi taxmin qilinmoqda. Har soatda ikki ona, har ikki soatda yetti nafar ayol o‘ldirilmoqda. Ayollar va qizlar mojaroga eng ko‘p tovon to‘lamoqda", deydi Sima Sami Baxus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har kuni 180 dan ortiq ayol suvsiz, og‘riq qoldiruvchi, behushlik va dori-darmonlarsiz tug‘ishga majbur bo‘ladi, ammo ular bolalar va qariyalarga ham g‘amxo‘rlik qilishda davom etishadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi G‘azo sektorida Isroilning zarbalari har 10 daqiqada bir bolani o‘ldirib, yana ikki nafarini jarohatlashini bildirgandi. 

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo bolalar qabristoniga aylanib borayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ayollar G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing