BMT G‘azoda halok bo‘lgan xodimlari xotirasiga bayrog‘ini yarmigacha tushirdi

Olam

image

Kecha, 13 noyabr kuni G‘azo sektoridagi Isroil-HAMAS urushida halok bo‘lgan 100 dan ortiq Birlashgan millatlar tashkiloti xodimlari xotirasiga xalqaro tashkilotning binolarida, jumladan, Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvartiradagi BMT bayroqlari tushirildi.

BMTning oq-ko‘k bayrog‘i mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:30 da Bangkok, Tokio va Pekindagi ofislarida yarmigacha tushirilgan. Tashkilotning boshqa agentliklarida ham shu ish takrorlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham BMT xodimlari bilan birga Nyu-Yorkda soat millari o‘n yarimni ko‘rsatayotganda bir lahzalik sukut saqlagan.

“Bugun BMT oilasi G‘azoda halok bo‘lgan hamkasblarimiz uchun motam va hurmat uchun bir daqiqalik sukut saqladi. Ushbu mojaro boshlanganidan beri UNRWA’ning 100 dan ortiq xodimi hayotdan ko‘z yumdi - bu qisqa vaqt ichida mojaroda halok bo‘lgan BMT yordam xodimlarining eng ko‘p soni. Ular hech qachon unutilmaydi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida qayg‘uli sukunatda turgan BMTning yuqori martabali amaldorlari suratini joylashtirgan holda.

Ma’lumot uchun, UNRWA Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqda qurolli to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng, bir oy ichida BMTning 88 xodimi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT G'azo Isroil-HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing