BMT Eronda yadrochi olim o‘ldirilganidan so‘ng ziddiyatlar xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

BMT dunyo mamlakatlariga Eronda mamlakatning yadro dasturi rahbarlaridan biri bo‘lgan fizik Muxsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xak aytib o‘tdi.

“Biz tiyilishga va mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan qochishga chaqiramiz”, deydi Xaq.

Avvalroq Eron Mudofaa vazirligi yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. U Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilgandi. U xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi. 

Keyinchalik, yadrochi olimining o‘limidan so‘ng, Eron AQSH va Isroilni ogohlantirdi. “Eron o‘z xalqi va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi Islom Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchining BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi Raisining nomiga yuborgan maktubida

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi. 

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing