BMT: dunyoda qochqinlar soni 82,4 million kishiga yetdi 

Olam

image

Dunyoda urush va zo‘ravonlikdan qochganlar soni o‘tgan yil davomida 4 foizga oshdi va deyarli 82,4 million kishiga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligining Jenevada e’lon qilingan hisobotida aytilgan.  

“Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2020 yilda urush, zo‘ravonlik, ta’qib va   inson huquqlari buzilishidan qochganlar soni qariyb 82,4 million kishiga yetdi”, deya ta’kidlagan ekspertlar, 

Ta’kidlanishicha, 2019 yil oxirida bu raqam 79,5 mln bo‘lgan va 12 oy ichida umumiy o‘sish 4 foizni tashkil etgan. Himoyaga muhtojlar orasida 48 million kishi ichki ko‘chirilgan odamlardir. Yil davomida ular Efiopiya, Sudan, Sahel, Mozambik, Yaman, Afg‘oniston va Kolumbiya shtatlaridagi inqirozlar tufayli 2,3 millionga oshgan. 

“Har bir raqam ortida uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan odamlar turibdi”, degan BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi. 

Grandi, shuningdek, ular e’tibor, qo‘llab-quvvatlash va “yechim topishga” loyiq ekanliklarini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, ziddiyatlarni hal qilish uchun “ancha katta siyosiy iroda” talab etiladi. 

Hisobotda ta’kidlanganidek, uylarini tark etishga majbur bo‘lganlarning 42 foizi voyaga yetmaganlardir. BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yildan 2020 yilgacha 1 millionga yaqin bola “tug‘ma qochoq” bo‘lgan. 

Mutaxassislar o‘tgan yilda pandemiya avjiga chiqqan paytda 160 ta davlat o‘z chegaralarini yopib qo‘yganiga va 99 ta davlat ushbu rejimda himoyaga muhtoj chet elliklarni o‘z hududiga kiritishda istisno qilmaganiga e’tibor qaratmoqda. O‘tgan yil davomida 3,2 million kishi ichki ko‘chirilgan va 251 ming qochqin o‘z uylariga qaytgan. Yana 33,8 ming qochqin ilgari boshpana topgan mamlakatlar fuqaroligini olgan. 

Grandi “dunyo rahbarlari va nufuzga ega bo‘lganlarni o‘zaro kelishmovchiliklarni chetga surib, siyosatga xudbinlik bilan yondashishga chek qo‘yishga” chaqirgan. Uning fikriga ko‘ra, “kuchlarni to‘qnashuvlarning oldini olish va ularni hal qilishga hamda inson huquqlariga rioya yetilishini ta’minlashga yo‘naltirish” zarur.


Maqola muallifi

Teglar

BMT qochqin dunyo

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing