BMT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Jamiyat
−
06 noyabr 2021
4462Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti etib qayta saylangani bilan qutladi. BMT Bosh kotibining tabriknomasida shunday deyiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikkinchi muddatga qayta saylanganingiz bilan chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.
Siz bilan, shu jumladan BMTning mamlakatingizdagi jamoasi hamda Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi orqali bizlarni qiziqtirgan masalalarda yaqindan hamkorlik qilishimizdan umidvorman.
BMT global xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, shu jumladan xalqaro tinchlik va xavfsizlik, inson huquqlari va barqaror taraqqiyot masalalarida O‘zbekistonning ko‘magiga va qat’iy intilishiga tayanishda davom etadi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz”.
Eslatib o‘tamiz, bugun 6 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qilib, rasman ikkinchi Prezidentlik muddatiga kirishdi.
LiveBarchasi