BMT Bosh kotibi Putinga maktub yubordi
Olam
−
13 iyul 2023
14936Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Qora dengizdagi don kelishuvini uzaytirish bo‘yicha “aniq takliflar” bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda Guterrish bugun, 13 iyul kuni Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Ha, men Prezident Putinga aniq takliflar bilan maktub yubordim, bu bizga ijobiy yechim topish imkonini beradi deb umid qilaman”, degan BMT Bosh kotibi.
Biroq u maktub tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortgan.
“Biz buni omma oldida qancha kam muhokama qilsak, natijaga erishish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan Guterrish.
Shuningdek, u hali ham o‘z maktubiga javob olmaganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 22 iyul kuni Istanbulda xalqaro bozorlarga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha hujjatlar to‘plami (Don kelishuvi) imzolangan. Dastlab shartnomalar 120 kunga tuzilgan bo‘lsa, 2022 yilning noyabr oyida ular xuddi shu muddatga uzaytirilgan. Shu yilning 18 may kuni Rossiya kelishuv muddatini 60 kunga, ya’ni 17 iyulga qadar uzaytirishini e’lon qilib, bu vaqt BMT bilan imzolangan memorandumning bajarilishini baholash uchun yetarli bo‘lishini ogohlantirgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi barcha kelishuvlar paketidan faqat Qora dengiz tashabbusi amalga oshirilayotganini, Rossiya Federatsiyasi va BMT memorandumi doirasida hech narsa qilinmaganini ta’kidlagan. 30 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hozircha kelishuvlarni uzaytirish tarafdori hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytgan.
LiveBarchasi