BMT Bosh kotibi Guterrish ro‘zadormi?

Olam

image

Muborak Ramazon oyida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish an’anaga ko‘ra musulmon davlati – Somaliga yetib bordi. BMT rahbari Somali Prezidenti Hasan Shayx Muhammad bilan qo‘shma matbuot anjumanida o‘z tashrifini “birdamlik tashrifi” deb atagan.

“Bugun men bu an’anani Somalida davom ettirganimdan va birdamlik belgisi sifatida siz bilan ro‘za tutganimdan xursandman. Va Prezident Janobi Oliylarining taklifiga binoan bir guruh hurmatli mehmonlar bilan iftorlik qilishni orziqib kutaman”, deya ta’kidlagan.

Shuningdek, Guterrish Somalini gumanitar muammolarni hal qilishda, hamda, xavfsizlik va taraqqiyot masalalari bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengishda qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Antoniu Guterrish Prezident bilan hukumatning terrorizmga qarshi kurashi hamda mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qilib, federal hukumat va shtatlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini qayd etib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, har yili Ramazon oyida BMT rahbari musulmon davlatlardan biriga boradi. Bu Antoniu Guterrishning BMT Bosh kotibi sifatida Somaliga ikkinchi safari. U ilgari Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar sifatida u yerda ko‘p marta bo‘lgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Somali Antoniu Guterrish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing