BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan umumiy maqsad – barcha uchun xavfsizlik yo‘lida ko‘priklarni barpo etish va hamjihatlikni mustahkamlashdir.

“Dunyo Parijda sportning kuchini nishonlash, umid olib kelish, madaniyatlar va odamlarni birlashtirish, o‘zaro hurmat va adolatli o‘yinni targ‘ib qilish uchun yig‘ildi. Bularning barchasi BMTning ideallaridir. Siz bizni katta orzular qilishga ilhomlantirasiz. Olimpiya olovi tinchlik va totuvlik yo‘lini yoritsin”, dedi Guterrish sportchilarga. 

Ma’lumot uchun, Olimpiya sulhining an’anasi miloddan avvalgi IX asrga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o‘yinlari davrida nizolar va urushlar to‘xtatilgan. Yillar o‘tib, boshqa yunon shahar-davlatlari ham Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Dastlab, Olimpiya o‘yinlari paytida urushlarni to‘xtatish maqsadi barcha sportchilarning musobaqa maydoniga etib borishini ta’minlash edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi birinchi marta 1993 yilda Olimpiya sulhi an’anasini qayta tiklashga chaqirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Antoniu Guterrish Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing