BMT Bosh kotibi butun dunyoga murojaat qildi

Olam

image

Inson Yerning boyliklarini tabiatni to‘ldirishga vaqt topgandan ko‘ra tezroq tugatmoqda. Biroq, biologik xilma-xillik misli ko‘rilmagan va qo‘rqinchli darajada pasaymoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro Bioxilma-xillik kuni munosabati bilan tabiat bilan uyg‘un munosabatlarni tiklashga chaqirdi.

“Biz haqiqatan ham tabiatga qarshi urush e’lon qildik. Bir million turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi yo‘q bo‘lib ketish arafasida, butun ekotizimlar ko‘z oldimizda yo‘qolib bormoqda, botqoqli joylar qurib, cho‘llar, aksincha, rivojlanib bormoqda. Har yili biz 10 million gektar o‘rmonlarni yo‘qotamiz, okeanlar plastmassa bilan bo‘g‘ilib, oksidlanib, odamlar ishlab chiqaradigan karbonat angidridni tobora ko‘proq singdirmoqda. Shu bilan birga, biz tabiatni muhofaza qilish uchun uni yo‘q qiladigan sohalarni subsidiyalashga qaraganda kamroq mablag‘ sarflayapmiz.

Biologik xilma-xillikni saqlash sohasida o‘zimiz xalqaro darajaga qo‘ygan biron bir vazifani bajarmadik. Tabiat hayot manbai ekani, u nafaqat insonni zarur resurslar bilan ta’minlabgina qolmay, balki ko‘plab muammolarni, masalan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni ham hal qilishga yordam beradi”, deydi BMT Bosh kotibi.

Uning fikriga ko‘ra, pandemiya, ayniqsa, odamlar va tashqi dunyo o‘rtasidagi yaqin aloqalarni aniq ko‘rsatib berdi. Yangi va paydo bo‘layotgan yuqumli kasalliklarning to‘rtdan uch qismi tabiatan zoonoz, ya’ni odamlarga hayvonlardan yuqadi.

Antoniu Guterrish murojaatida yerdan foydalanishdagi o‘zgarishlar va odamlarning yovvoyi tabiatning an’anaviy yashash joylariga kirib kelishi Ebola va COVID-19 kabi yuqumli kasalliklarning asosiy sababi ekanini tushuntirdi.

“Tabiatni muhofaza qilish, ekotizimlarni tiklash va sayyora bilan munosabatlarda uyg‘unlikka intilish kerak. Biologik xilma-xillikni yo‘qotish bilan biz inson salomatligini yaxshilashimiz, barqaror rivojlanishga erishishimiz va iqlim inqirozidan chiqishimiz mumkin. Agar biz sayyora bilan tinchlik o‘rnatmasak, unda biz yutqazgan bo‘lamiz” deya xulosa qildi Bosh kotib.

Guterrishning fikriga ko‘ra, muvaffaqiyatning kaliti — barqaror hayot tarzi. Har bir inson, dunyoning istalgan nuqtasida, ekologik mas’uliyat tamoyillariga muvofiq yashashi kerak. Bu hukumatlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning javobgarligini rag‘batlantiradigan yanada samarali strategiyalarni qabul qilishni talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing